Har bir insonning huquqlari tan olinadigan, himoya qilinadigan va ro‘yobga chiqariladigan inklyuziv O‘zbekistonni barpo etish.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini tadqiq etish va himoya qilish markazi — Markaziy Osiyoda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ilgari surishga bag‘ishlangan, ilmiy-tadqiqot, salohiyatni rivojlantirish va hamjamiyat bilan hamkorlik orqali faoliyat yurituvchi yetakchi tadqiqot muassasasi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini tadqiq etish va himoya qilish markazi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida, Jahon bankining PRIM dasturi ko‘magida tashkil etilgan.
Bizning maqsadimiz — O‘zbekiston va kengroq Markaziy Osiyo mintaqasida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlariga oid amaliy huquqiy tadqiqotlar bo‘yicha yetakchi markazga aylanishdir.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlariga oid yuqori sifatli, inklyuziv ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini amaliy siyosiy tavsiyalarga aylantirish.
Batafsil →Mutaxassislar va amaliyotchilar uchun maxsus trening dasturlari, seminarlar, sertifikatlash kurslari va mentorlik imkoniyatlari orqali kasbiy salohiyatni rivojlantirish.
Batafsil →Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari bo‘yicha tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, ochiq ma’ruzalar o‘tkazish va xabardorlikni oshirish hamda o‘zgarishga undovchi qulay ta’limiy materiallar yaratish.
Batafsil →Inklyuziv jamiyat uchun O‘zbekiston konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlash
Bizning faoliyatimiz O‘zbekiston–2030 strategiyasining 23-bandini hamda Milliy Taraqqiyot Strategiyasi (2022–2026)ning 66-maqsadini bevosita qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu maqsadlar quyidagilarga qaratilgan:
Hozirgi ta’sir samarasi
Nimalar yangilliklar?
Nogironlik masalalarini o‘z ichiga olgan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha maxsus...
Tanishish →
Bizning eng so‘nggi siyosiy tahlil hujjatimiz nogironlar huquqlari...
Tanishish →
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini tadqiq etish va himoya qilish markazi...
Tanishish →Birgalikda o‘zgarish yaratamiz
Markaz nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ilgari surishda yetakchi tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi:
Bizning maqsadimizga hamkor bo‘ling
Agar siz tadqiqotchi, siyosatchi, himoyachi yoki fuqarolik jamiyati faoli bo‘lsangiz — bizning faoliyatimizga qo‘shilishning bir nechta yo‘llari mavjud:
Tadqiqotlar, tadbirlar va resurslar haqidagi yangiliklar bilan tanishib turing.
Tanishib chiqishTadqiqotlar, siyosiy tavsiyalar (policy brief) va ta’limiy materiallardan iborat kengayib borayotgan to‘plamimizni o‘rganing.
Resurslar bilan tanishishHamkorlik qilishni istaysizmi? Biz nogironligi bor shaxslarni huquqlarini ilgari surishga sodiq tashkilotlar va shaxslar bilan hamkorlikni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
Biz bilan bog‘laningKontakt ma’lumotlari:
Toshkent shahri, Mirzo-Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'chasi,
81 uy, 100060
Telefon raqamimiz:
+998 (71) 200-00-36
e-mail: info@islas.uz